O‘zbekistondan Turkiyaga sayyohlar soni 22 foizga ko‘paydi
20 январь

O‘zbekistondan Turkiyaga sayyohlar soni 22 foizga ko‘paydi

2024-yilda Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun yanada ommalashgan manzilga aylandi: mamlakatga turistik maqsadda 229,3 ming kishi tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 41,5 ming kishiga ko‘p. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sish 22,1 foizni tashkil etgan.

Safarga chiqqanlarning aksariyati — 174 102 kishi Turkiyaga aynan sayyoh sifatida borgan. Yana 46 656 nafar fuqaro qarindoshlarini ko‘rish uchun bu yo‘nalishni tanlagan.

Safarlarning boshqa maqsadlari orasida tibbiy yordam olish (4 116 kishi), ta’lim olish (2 711 kishi) va xizmat safari (1 671 kishi) alohida ajralib turadi.