Ikki oy ichida O‘zbekistonda qariyb 136 ming chaqaloq tug‘ildi: biroz pasayish va zaif oilalarga yordam
19 март

Ikki oy ichida O‘zbekistonda qariyb 136 ming chaqaloq tug‘ildi: biroz pasayish va zaif oilalarga yordam

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-fevral oylarida 135 914 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilning shu davriga (137 456 nafar chaqaloq) nisbatan biroz kam.

Tug‘ilishlarning aksariyati qishloq joylariga to‘g‘ri keldi (69 359), shaharlarda 66 555 bola tug‘ildi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda 926,4 ming bola tug‘ilgan, bu ham o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan kam.

Ayollar va bolalar uchun davolanish to‘lovlari

"Ayollar daftari“ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari davolanishi uchun moddiy yordam olishi mumkin. U dori-darmon xarid qilish va murakkab jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplaydi.

Xarajatlar “Ayollar daftari” hamda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor mudirining xulosalari yordam olish uchun asos bo‘ladi.

Moliyaviy yordam miqdori:

Dori vositalarini sotib olish uchun — BHMning 20 baravarigacha (7,5 mln so‘m).

Murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun — BHMning 100 baravarigacha (37,5 mln so‘m).