O‘zbekistonda sudlarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili joriy etiladi
5 декабрь

O‘zbekistonda sudlarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili joriy etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida O‘zbekiston sud tizimi faoliyatini takomillashtirish maqsadida tayyorlangan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Hujjatda sud hokimiyatining keng mustaqilligini ta’minlaydigan sud amaliyotiga o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini joriy etish zarurati masalasi ko‘tarilgan.

Amaldagi tizimda Oliy sud sudlov hay’atlari raislarining o‘rinbosarlari ma’muriy, fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy huquq kabi aniq yo‘nalishlar asosida tayinlanadi. Biroq raislarni tanlash va sudyalarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash tartibi hozircha aniq qoidalarga ega emas. Bu sudlarda o‘zini o‘zi boshqarishni joriy etishni qiyinlashtiradi, shuningdek, Oliy sud raisining o‘rinbosarlarini turli sudlov hay’atlari o‘rtasida o‘tkazishga to‘sqinlik qiladi.

Qonun loyihasida Oliy sud faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida amaldagi qonun hujjatlariga, xususan, ‘Sudlar to‘g‘risida‘gi Qonunning 19-moddasiga o‘zgartishlar kiritish taklif etilmoqda.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun