Rossiya va Eron strategik sheriklik shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda
5 декабрь

Rossiya va Eron strategik sheriklik shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda

Moskva va Tehron strategik sheriklik to‘g‘risidagi muhim shartnomani tuzishga hozirlik ko‘rmoqda. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkianning Rossiyaga tashrifi aniq muddati hali belgilanmagan bo‘lsa-da, mamlakatlar kelishuvni imzolashni kechiktirish niyatida emasligini ma’lum qildi.

Ilgari Eronning Moskvadagi elchisi shartnomani imzolash alohida tashrif doirasida o‘tkazilishi lozimligini ta’kidlagan edi, chunki BRIKS sammiti doirasida marosim o‘tkazilishi “uning ahamiyatini xiralashtirib qo‘yishi mumkin”.

Ushbu shartnoma jahon siyosatidagi yangi muammolar fonida hamkorlikni faol rivojlantirayotgan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.