
O‘zbekistonda keng ko‘lamli maxsus operatsiya yakunlandi
O‘zbekistonda 27-31 yanvar kunlari mamlakatning maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan “Antiterror tozalash” operatsiyasi yakuniga yetdi. Ushbu kampaniya doirasida jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan 946 ta tadbir amalga oshirildi.
Tezkor harakatlar natijasida og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil 418 nafar shaxs aniqlandi. Bir nechta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 169 nafar gumonlanuvchi qamoqqa olindi, shuningdek, 42 ta jinoiy guruhning faoliyati to‘xtatildi. Bundan tashqari, 399 nafar shaxsga ma’muriy javobgarlik qo‘llanildi, ularning 270 nafari qamoqqa olindi.
Operatsiya davomida 109 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. 536 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning 402 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Noqonuniy muomaladan o‘q-dorilari bilan birga 80 ta o‘qotar qurol, 30 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar, 4521 ta kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari, shuningdek 186 ta pichoq, 22 ta bita va 17 ta kastet musodara qilindi.