O‘zbekistonliklar Tailand vizasini onlayn rasmiylashtirishlari mumkin
9 январь

O‘zbekistonliklar Tailand vizasini onlayn rasmiylashtirishlari mumkin

2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Tailandga uzoq muddatli vizani https://thaievisa.go.th/ platformasida mavjud bo‘lgan e-Visa onlayn xizmati orqali rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. Yangi tizim konsullik muassasalariga shaxsan tashrif buyurish va hujjatlarning asl nusxalarini topshirish zaruratidan qutulish imkonini beradi.

Viza olish uchun ariza berish jarayonida platforma orqali ariza to‘ldiriladi, shundan so‘ng ariza beruvchi elektron pochta orqali tasdiqnoma oladi. Bu tasdiqnomani chop etib, Tailandga kirib kelganda immigratsiya xizmati xodimlariga ko‘rsatish lozim.

Mazkur xizmat Tailandning butun dunyo bo‘ylab joylashgan 94 ta elchixona va konsulxonalarida mavjud. O‘zbekiston fuqarolari elektron tizim orqali 90 kungacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan turli toifadagi vizalarni, jumladan sayyohlik va biznes-vizalarini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.