O‘zbekiston eng kam ish haqi reytingida 111-o‘rinni egalladiO‘zbekiston eng kam ish haqi reytingida 111-o‘rinni egalladi
“2024-yil mamlakatlar bo‘yicha eng kam ish haqi” tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha 154 ta davlat orasida 111-o‘rinni egalladi. Reyting World Population Review portalida e’lon qilindi.
Hisobotda keltirilishicha, O‘zbekistonda eng kam yillik ish haqi 1041 dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, ro‘yxatda birinchi o‘rinni Avstraliya egallagan bo‘lib, u yerda eng kam yillik ish haqi 35 515 dollarga, soatlik ish haqi esa 17,47 dollarga teng.
Mazkur reyting AQSH dollariga aylantirilgan yillik va soatlik eng kam ish haqlari asosida tuzilgan. U dunyoning turli mamlakatlaridagi aholi daromadlari darajasini baholash imkonini beradi hamda iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi sezilarli farqni ko‘rsatib beradi.