Qozog‘istonlik yuk tashuvchilar O‘zbekistonga kirishda yig‘imlardan ozod etildi
Qozog‘iston Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishda qozog‘istonlik tashuvchilar uchun yig‘imlar joriy etilgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Vazirlik 2007-yilda ikki mamlakat hukumatlari tomonidan imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, har ikki tomonning avtotashuvchilari yig‘im va to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilganini eslatib o‘tdi. Faqatgina pullik avtomobil yo‘llaridan foydalanganlik uchun yig‘imlar bundan mustasno ekanligi ta’kidlandi.