
O‘zbekistonda sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi: belgilash, huquqlarni himoya qilish va javobgarlik
Deputatlar guruhi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo‘llashni tartibga soluvchi qonun loyihasini taqdim etdi.
Yangi hujjatning asosiy qoidalari:
— Hujjatda SIga ta’rif berilgan.
— SI sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
— Sun’iy intellektni tartibga solish uchun mas’ul organning vakolatlarini aniqlashtiradi.
— SI yordamida yaratilgan axborot resurslarini belgilash majburiyatini o‘rnatadi.
— Inson huquqlari, uning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
— Inson huquqlari va erkinliklariga oid qarorlarni faqat SI tizimlari xulosalari asosida qabul qilishni man etadi.
— SI yordamida shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy ishlash hamda ularni ommaviy axborot vositalari va internetda tarqatish uchun javobgarlikni joriy etadi.
Qonun loyihasi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.