
O‘zbekiston TIV rahbari: Toshkent — Moskvaning vaqt va sharoitdan qat’iy nazar ishonchli ittifoqchisi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari vaqt va vaziyat ta’siriga bo‘ysunmasligini ta’kidlab, Toshkent doimo Moskvaning ishonchli ittifoqchisi bo‘lib kelganini va shunday bo‘lib qolishini aytdi.
"Bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari vaqt va vaziyat ta’siriga bo‘ysunmaydi. O‘zbekiston har doim Rossiya Federatsiyasining eng yaqin hamkori va ishonchli ittifoqchisi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi," — dedi Baxtiyor Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Samarqandda o‘tkazilgan uchrashuvda.
Shuningdek, u ikki mamlakat prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarga yo‘nalish berayotganini, do‘stlikka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish borasida namuna ko‘rsatayotganini qayd etdi.