Toshkentda "Sehrgar bo‘ling!" xayriya aksiyasi o‘tkaziladi
7 va 8-dekabr kunlari soat 16:00 dan 21:00 gacha “Atlas Chimgan” savdo-ko‘ngilochar markazida kattalar va bolalarni ezgu ish yo‘lida birlashtiruvchi g‘ayrioddiy xayriya mega-aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
Har bir tashrif buyuruvchi Haqiqiy Sehrgar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U chin yurakdan keladigan ezgu ishlar haqiqiy sehr siri ekanligini aytib beradi. Aksiya ishtirokchilari bolalarga yolg‘iz emasliklarini va minglab odamlar ularning baxtiga ishonishini ko‘rsatish uchun mehr-muhabbat zarralaridan ramziy Istaklar archasini yasaydilar.
Ishtirok etgan har bir kishi haqiqiy sehrgar yoki sehrgarning alohida belgilariga ega bo‘ladi, shuningdek, o‘z uyini mehr va sevgiga to‘la yangi yil sharlari hamda o‘yinchoqlari bilan bezatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
To‘plangan barcha mablag‘lar spinal mushak atrofiyasi bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatuvchi reabilitatsiya markazini qayta jihozlashga yo‘naltiriladi. Aksiya qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lganlar uchun haqiqiy sovg‘a va har bir kishi uchun ulkan xayrli ishning bir qismi bo‘lish imkoniyati bo‘ladi.
Tashkilotchilar eslatib o‘tadilar: yaxshilik qilish o‘ylaganimizdan ko‘ra osonroq. Har bir inson sehrgar bo‘lishi, ayniqsa unga muhtoj bo‘lganlarga mehrining bir bo‘lagini hadya etishi mumkin.
7 va 8-dekabr kunlari “Atlas Chimgan” savdo markazida aksiyamizga qo‘shiling va sehrning bir qismiga aylaning!