Tramp Navro‘z nishonlayotganlarni tabrikladi
20 март

Tramp Navro‘z nishonlayotganlarni tabrikladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘llab, uni bahor kelishi va Yangi yil boshlanishining ramzi bo‘lgan quvonchli tadbir sifatida ta’rifladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tramp o‘z tabrigida “boy madaniyat va ajoyib iste’dodlarga” ega bo‘lgan "fors xalqi"ning matematika, fan, huquq, texnologiya va san’at kabi sohalarda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan ushbu quvonchli bayram munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni izhor etaman!” — deya aytilgan xabarda.