
O‘zbekistonlik diplomatlar Novosibirskda yangi tug‘ilgan chaqaloqning hujjatlarini rasmiylashtirishga yordam berishdi
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolning qiziga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishda ko‘mak ko‘rsatildi.
Diplomatlar hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni zudlik bilan hal qilib, 23-aprel kuni Novosibirsk-Toshkent reysi bilan ona va bolaning O‘zbekistonga o‘z vaqtida qaytishini ta’minladi. Bosh konsulxona xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.