Fermerlarga QQS ning bir qismi qoplanadi
2 февраль

Fermerlarga QQS ning bir qismi qoplanadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan boshlab chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQS ning 50 foizini qoplaб olishlari mumkin bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi.

Mablag‘lar tadbirkorlarga har oyning 25-sanasigacha qaytarib beriladi. Bundan tashqari, kooperatsiya tizimi doirasida “Parrandachilik — daromad manbai” loyihasi ishga tushirilib, bir million ish o‘rni yaratiladi.

Chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanayotgan xo‘jaliklar uchun soliq imtiyozlari muddati ham uzaytirildi. Ular 2028-yil 1-yanvargacha foyda, mol-mulk, yer va suvdan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lashda davom etadilar.