Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlandi
25 ноябрь

Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat hududida elektron sigaretalarni olib kirish, sotish va iste’mol qilishni butunlay taqiqlovchi qonunni imzoladi. Yangi cheklovlar 2025-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi va qoidabuzarlar uchun qat’iy jarimalar belgilanadi.

Qonunga ko‘ra, jismoniy shaxslar veyp chekish uchun 10 ming som (taxminan 115 dollar) miqdorida, yuridik shaxslar esa 60 ming som (690 dollar) miqdorida jarima to‘lashi lozim. Elektron sigareta sotuvchilari uchun yanada jiddiyroq choralar ko‘zda tutilgan: jismoniy shaxslarga 20 ming som (230 dollar), yuridik shaxslarga esa 65 ming som (750 dollar) miqdorida jarima solish belgilangan.

Elektron sigaretalarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilgan. Bunday harakatlar uchun axloq tuzatish ishlari yoki 120 ming so‘mgacha (1380 dollar) jarima jazosi qo‘llaniladi. Yirik partiyani olib kirishga uringan qoidabuzarlar bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.