
Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining o‘zgarishini muhokama qildilar
Muhokamalarda turli mamlakatlardan yetakchi mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar orasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ashina Xalakdina, Shimoliy Germaniya jarrohlik jamiyati prezidenti Aksel Rixter bor. U shuningdek “Kox-Ibn-Sino” nemis-o‘zbek tibbiyot jamiyatiga ham rahbarlik qiladi.
Bundan tashqari, tadbirga Xalqaro dermatologlar jamiyati prezidenti Nelli Konnikova ham qo‘shildi.
O‘zbekistonning xorijiy tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishtirokchilar orasida Turkiyadan Hasan Chagil boshchiligidagi vakillar, shuningdek, Hindiston onkologlar assotsiatsiyasi prezidenti Dinesh Pendxarkard ham bor. Bundan tashqari, I.M. Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universiteti klinikasi direktori o‘rinbosari Yevgeniy Shpot va Germaniyaning Papenburg shahrida joylashgan Mariyen klinikasi bosh shifokori Ulrix Byokmann ham muhokamalarda faol ishtirok etmoqdalar. Abt Global xalqaro tashkilotining Osiyo mamlakatlari bo‘yicha loyihalari direktori Ketrin Bruar sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘z g‘oyalarini taqdim etdi.