Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Pokiston Bosh vazirini kutib oldi
26 февраль

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Pokiston Bosh vazirini kutib oldi

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va oliy martabali mehmonni faxriy qorovul va ikki davlat madhiyalarini ijro etgan harbiy orkestr kutib oldi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar, so‘ngra qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini o‘zaro tanishtirdilar. Shundan keyin qo‘shma suratga tushish marosimi o‘tkazildi, darhol undan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi. Unda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qilishdi.