
Silk Avia aviaparki va yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
Silk Avia aviakompaniyasi ikkita ATR 72-600 samolyotini xarid qilish orqali mintaqaviy tashuvlar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlamoqchi. Bu haqda Uzbekistan Airways raisi Shuhrat Xudoyqulov ma’lum qildi.
2024-yilda aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i 99 ta yo‘nalishni qamrab olgan bo‘lsa-da, ularning faqat 8 tasi ichki reyslar edi. Shunday bo‘lsa ham, Silk Avia parvozlar sonini sezilarli darajada oshirishga erishdi — reyslar soni yetti barobar ko‘payib, haftasiga 100 tadan oshdi. Bunday yuqori o‘sishga ikkita yaqin magistralli ATR-72 va bitta LET L-410 samolyotlarini sotib olish evaziga erishildi.
Hozirda kompaniya beshta ATR-72 samolyotidan foydalanmoqda va yana ikkitasini xarid qilish ustida ish olib bormoqda. Xudoyqulovning ta’kidlashicha, Silk Avianing keyingi rivojlanishi parvozlar masofasining oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu nafaqat mamlakat ichida, balki qo‘shni davlatlarga ham parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi. Jumladan, 16-iyundan boshlab aviakompaniya Issiqko‘lga kundalik reyslarni yo‘lga qo‘ydi.
ATR-72 samolyotlarining imkoniyatlari yo‘nalishlar tarmog‘ini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi, biroq aviakompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Buxoroga tungi parvozlarni amalga oshirish ehtimoli hozircha pastligicha qolmoqda. Yo‘lovchilar ertalab, kunduzi va kechqurun sayohat qilishni afzal ko‘rishadi, tungi reyslarga talab esa hamon past.