MDH mamlakatlari Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari Olmaotadagi "Shon-sharaf" yodgorligiga gullar qo‘ydi
25 апрель

MDH mamlakatlari Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari Olmaotadagi "Shon-sharaf" yodgorligiga gullar qo‘ydi

MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari Olmaotadagi 28 gvardiyachi-panfilovchilar bog‘ida "Shon-sharaf" yodgorligiga tantanali gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Tashkilotning havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining 60-yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi. Orkestr sadolari ostida delegatsiyalar vakillari yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘ydi, Qozog‘iston Mudofaa vazirligining Radioelektronika va aloqa harbiy muhandislik instituti kursantlari tantanali marsh bilan o‘tdi.

Avvalroq, MDHga a’zo davlatlar ekspertlari Hamdo‘stlikning tashqi chegaralaridagi inqirozli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha chegara va boshqa idoralar tuzilmalarining qo‘shma mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishib olgani haqida yozgan edik.