Ishtixon tumanida kambag‘allikni qisqartirish ustida ishlanmoqda
3 февраль

Ishtixon tumanida kambag‘allikni qisqartirish ustida ishlanmoqda

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida Prezidentimizning aholi farovonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni doirasida “Kambag‘allikdan farovonlikka” dasturining amalga oshirilishi davom etmoqda. Bu ishlarni jadallashtirish maqsadida “Boylata,” “Mirzaqul,” “Zarbuloq” va “Borlos” mahallalari Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saidullayevga biriktirildi.

Agentlik rahbari mazkur mahallalarga tashrifi chog‘ida iqtisodiy vaziyatni o‘rganib chiqdi, bandlik darajasini tahlil qildi, tadbirkorlar faoliyati va yangi ish o‘rinlari yaratish istiqbollarini baholadi. U aholi bilan shaxsan muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi, ayniqsa yoshlar muammolariga alohida e’tibor qaratdi.