Lavrov jurnalistdan Trampga ishonish-ishonmasligini so‘radi
25 апрель

Lavrov jurnalistdan Trampga ishonish-ishonmasligini so‘radi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov CBS jurnalistining Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQSH maxsus elchisi Stiven Uitkoff bilan Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ehtimoliy uchrashuvi haqidagi savoliga javoban kinoya qildi.

Jurnalist bu hafta kelishuv tuzilishini kutish kerakmi, deb so‘radi. Bunga javoban Lavrov ritorik tarzda so‘radi: "Siz Qo‘shma Shtatlar prezidenti [Donald Tramp] so‘zlariga ishonmaysizmi?"

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp joriy haftada Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirgandi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Uitkoffning shu hafta Moskvaga tashrif buyurish rejalari haqida ma’lum qilgandi. Oq uy ham tashrifni tasdiqladi. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Uitkoffning Putin bilan uchrashuvi 25-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.