
Qashqadaryo viloyatida yangi Favqulodda vaziyatlar markazi foydalanishga topshirildi
Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.X. Qo‘ldashev Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Obyektni foydalanishga topshirish tadbirida vazir FVB xodimlariga ramziy kalitni o‘z qo‘li bilan topshirdi.
Marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov, mahalliy oqsoqollar va soha faxriylari ham hozir bo‘ldilar. Yangi obyekt xizmatni munosib tarzda olib borish uchun barcha zarur sharoitlarga ega. Bundan tashqari, bo‘limga zamonaviy yong‘in o‘chirish-qutqaruv avtomobili ham berildi.