Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda transport islohotlarini muhokama qildilar
O‘zbekistonda transport sohasidagi islohotlar mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Transport vazirligi tomonidan “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida tashkil etilgan edi.
Tadbirda Jahon bankining vakili Viktor Aragones, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining vakili Dilnavoz Qo‘ldosheva, shuningdek, BOEING, TAV Technologies va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar. Davra suhbatining maqsadi xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba yuzasidan fikr almashish uchun maydon yaratishdan iborat edi.
Muhokama davomida ishtirokchilar mamlakatning transport-logistika tizimi sohasidagi yutuqlari va kelajak rejalari, shu jumladan infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, ishtirokchilar ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining tavsiyalarini ham ko‘rib chiqdilar.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun