Toshkentda yangi metro poyezdlari sinovdan o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston poytaxtiga metropoliten uchun uchta zamonaviy poyezd yetib keldi, deb xabar qilmoqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati. Har biri to‘rtta vagondan iborat tarkiblar yaqin 9-10 kun ichida o‘rnatilgan standartlarga muvofiq texnik sinovlardan o‘tkaziladi.
Matbuot xizmati, shuningdek, yanvar va fevral oylari davomida yana oltita poyezd yetkazib berilishi kutilayotganini ma’lum qildi.