O‘zbekistonda amaldorlarni korrupsiyaga moyilligini tekshirmoqchi
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish tizimini joriy etish tashabbusi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burhonov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yangi amaliyot rahbarlik lavozimlarini egallagan shaxslar, shuningdek, kadrlar zaxirasida turgan xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlarga moyilligini baholashga qaratilgan. Asosiy maqsad — davlat xizmatiga xato yoki g‘ayriqonuniy boylik orttirish niyatida kirgan xodimlarni aniqlash hamda davlat idoralari uchun halol kadrlarni saralashdan iborat.
“Bu davlat organlariga nisbatan shaffoflik va ishonch darajasini yanada oshirish imkonini beradi,” — deya ta’kidladi Burhonov o‘zining Telegram-kanalida.
Tekshiruv mexanizmi tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayapti.