O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida transyog‘lar miqdorini nazorat qilish yo‘lga qo‘yiladi
11 январь

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida transyog‘lar miqdorini nazorat qilish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Jahon savdo tashkiloti (JST) standartlarini inobatga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarida transyog‘lardan foydalanishni tartibga soluvchi sanitariya me’yorlarini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Bu chora-tadbirlar jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili doirasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha prezident farmoni loyihasida nazarda tutilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2025-yil 1-iyulga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi laboratoriyalari transyog‘larni tahlil qilish uskunalari bilan jihozlanadi. 2025-yil 1-avgustga qadar esa mahsulotlardagi ruxsat etilgan darajani tartibga soluvchi sanitariya qoidalari va me’yorlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, joriy etiladi.