
Toshkentda metro parki yangilanmoqda
Toshkent metropoliteni uchta yangi zamonaviy poyezd qabul qildi, bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tarkiblar yo‘lga chiqishdan avval bir haftaga yaqin davom etadigan texnik sinovlardan o‘tkaziladi. Muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng ular yo‘lovchilarni tashiy boshlaydi.
Park yangilanishi davom etmoqda: fevral oyida yana uchta shunday poyezdning kelishi kutilmoqda.