Toshkentda "Yashil shahar" kuni bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahar hokimligi barchani 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Yashil shahar” kunida ishtirok etishga taklif etadi. Shu kuni poytaxtni ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan tashkilotlar, korxonalar va barcha aholi qo‘shilishi mumkin bo‘lgan daraxt ekish tadbirlari tashkil etiladi.
Daraxtlarni istalgan qulay joyda, xoh uyning hovlisi, xoh korxona hududi bo‘lsin, ekish mumkin. Daraxtlarni qayerga yaxshiroq ekishni bilmasangiz, hokimlikka murojaat qilishingiz mumkin, u yerda tegishli joylar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Mutaxassislar ikki yoshdan katta ko‘chatlarni ekishni maslahat berishadi, chunki ular poytaxtning iqlim sharoitlariga yaxshiroq moslashadi. Shuningdek, daraxtlar salomatligini saqlash uchun sug‘orish imkoniyati bo‘lgan joylarni tanlash tavsiya etiladi.
Ko‘kalamzorlashtirish uchun chinor, lola daraxti, lipa, katalp, zarang, qayrag‘och, eman va akatsiya kabi daraxt turlari tavsiya etiladi.