O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi
24 январь

O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi

Minskda 2025-yilga mo‘ljallangan MDH doirasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan vazirliklararo maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etdilar.

2024-yilda Rossiyaning MDHga raisligi yuqori baholandi, shuningdek, 2025-yilda tashkilotga rahbarlik qiladigan Tojikistonning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda kelajakdagi vazifalar belgilandi. Delegatsiyalar ko‘p bosqichli aloqalarni mustahkamlash, tashqi siyosiy muvofiqlashtiruvni kuchaytirish hamda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, migratsiya va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

O‘tgan yili MDH oliy organlari majlislarida ilgari surilgan tashqi siyosiy tashabbuslarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, 2024-yilda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar rejasi va ishtirokchi davlatlarning tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha Harakatlar dasturining bajarilishi yakunlari sarhisob qilindi.

Maslahatlashuvlar davomida Hamdo‘stlikning barcha mamlakatlarida nishonlanadigan Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamenti direktori Mixail Agasandyan boshchilik qildi.