Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Quvaytga boradi
17 февраль

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Quvaytga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-18 fevral kunlari mamlakat Amiri Shayx Mishal as-Sabohning taklifiga binoan Quvaytga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida Quvayt shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, shuningdek, hukumat, yetakchi kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va “yashil” energetika masalalariga alohida e’tibor qaratiladigan bo‘ladi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va qurilish sohalaridagi hamkorlik ham muhokama etiladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va sayyohlik aloqalari kun tartibining muhim qismini tashkil etadi.

O‘zbekiston-Quvayt hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar to‘plamini imzolash kutilmoqda. Rahbarlar mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatning dolzarb masalalarini ham muhokama qiladilar.