O‘zbekistonliklar salomatligi uchun xavflar endi nazorat ostida
17 февраль

O‘zbekistonliklar salomatligi uchun xavflar endi nazorat ostida

O‘zbekistonda inson hayoti va salomatligiga yuqori xavf tug‘diruvchi omillar reestri joriy etildi. U ochiq formatda yuritilib, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining bir qismi bo‘ladi. Tegishli nizom hukumatning 2025-yil 6-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Reyestrni yuritish vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilgan. Nazorat qiluvchi organlar xavfli omillar ro‘yxatini tuzib, muntazam yangilab boradi, eskirgan ma’lumotlarni olib tashlaydi va takrorlanishning oldini oladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, nazorat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda biznes faoliyatini noqonuniy to‘xtatib qo‘yishga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Bunday reestrning yaratilishi davlat nazorati tizimini yanada hisobdor va ochiq qiladi, ma’muriy bosimni kamaytiradi va fuqarolar sog‘lig‘iga bo‘lgan potensial tahdidlarga samaraliroq javob berishga yordam beradi.