
Malayziyada O‘zbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi
Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida 5-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasman kutib olindi. Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim qarshi oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saflandi, marosimda ikki davlat madhiyalari yangradi. O‘zbekiston Prezidenti faxriy qorovul safini ko‘zdan kechirdi, so‘ngra ikki mamlakat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar va diplomatik korpus vakillari bilan salomlashdilar.
Uchrashuv birgalikdagi suratga tushish bilan yakunlandi, shundan keyin tomonlar oliy darajadagi muzokaralarga kirishdilar.