Moskvada O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish to‘g‘risida bitimlar imzolandi
6 февраль

Moskvada O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish to‘g‘risida bitimlar imzolandi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklarni Rossiya kompaniyalariga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiyaning 20 ga yaqin yirik korxonalari rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi.

Samarali muloqot natijasida ANT YAPI, Ozon Community, PEK va SPAR Middle Volga kabi kompaniyalar bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi. Erishilgan bitimlar asosida 7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mazkur tashkilotlarda rasmiy ravishda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.