O‘zbekistonliklar o‘limining eng ko‘p uchraydigan sabablari aytib o‘tildi
25 октябрь

O‘zbekistonliklar o‘limining eng ko‘p uchraydigan sabablari aytib o‘tildi

To‘qqiz oy ichida O‘zbekistonda 130 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Ularning 72,3 ming nafari erkaklar, 59,4 ming nafari ayollardir.

Qayd etilgan o‘lim holatlarining 57,2% ni qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,5% ni o‘smalar, 6,5% ni nafas olish a’zolari kasalliklari, 5,8% ni baxtsiz hodisalar, zaharlanishlar va jarohatlar, 4% ni ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari, 1,2% ni yuqumli va parazitar kasalliklar, 15,8% ni boshqa kasalliklar tashkil etdi.