Toshkentda yangi gastronomik ko‘chani yaratish rejalashtirilmoqda
13 июль

Toshkentda yangi gastronomik ko‘chani yaratish rejalashtirilmoqda

Mirobod tumanida Toshkentning ikkinchi gastronomik ko‘chasi yaratilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning bo’yicha yoritish va sug'orish tizimlari, skameykalar va axlat qutilari o‘rnatish, daraxt ekish tizimlaridan yaxshilistirgan.

Tuman hokimiyati matbuot xizmatini xabari asosoda Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. 13 iyul kuni tuman hokimi Anvar Sayfutdinov mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazib, turizm va biznes sohalarini oshirish maqsadida kechayu kunduz gastronomik ko‘cha yaratish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Loyiha bo’yicha  ariza Toshkent shahar hokimiyatining Yagona buyurtmachi xizmatiga topshirilgan, shundan keyin smeta va pudratchi aniqlanadi. Ishlar 800 metr uzunlikdagi ko‘chaning Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida rejalashtirilgan.

Ilgari, mart oyida, Yashnobod tumanidagi Sultanali Mashhadi ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirishganini va shahar poytaxtining sakkiz tumanida hunarmandchilik va gastronomik turizm zonalarini yaratish qarori qabul qilingan edi.

Shamsutdinova Gayane, maxsus "Karavan-Info" uchun