
O‘zbekistonda Qirg‘izistonda taqiqlangan afg‘on gazli ichimligini tekshirishadi
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda Afg‘onistondan kelgan gazlangan Royal anor ichimligini qaytadan tekshiruv haqida xabar berdi. Qirg‘izistonda ushbu ichimlik tarkibidagi bo‘yoq moddasi bo’rligi bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli taqiqlangan edi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi avvalroq gazlangan ichimlik tekshiruvdan o‘tganini va uning tarkibida zaharli yoki sog‘liq uchun zararli moddalar topilmaganini ma’lum qildi. Hozirgi vaqtda aholidan ushbu mahsulotga shikoyatlar kelib tushmagan.
3 iyuldan boshlab Qirg‘izistonda "Oltin hayot" anor ichimligi (O‘zbekistonda Royal nomlangan tanilgan) yig‘ib olina boshlandi. 24.kg ma’lumotiga ko‘ra, ushbu gazlangan ichimlik tarkibida bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan azorubin E 122 bo‘yoq moddasi mavjud.
Shamsutdinova Gayane, maxsus "Karavan-Info" uchun