Voronej viloyati hokimi: O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyada ishlashga qiziqishini yo‘qotmoqda
3 январь

Voronej viloyati hokimi: O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyada ishlashga qiziqishini yo‘qotmoqda

Voronej viloyati hokimi Aleksandr Gusev O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat migratsiyasiga qiziqishi kamayib borayotganidan tashvishga tushganini bildirdi.

Mehnat muhojirlari Rossiyaga kerak va ularni mamlakatimizda ishlashga jalb qilishimiz zarur. Agar biz O‘zbekiston Respublikasi bilan bu yo‘nalishda hamkorlik qilmasak, ularni yo‘qotib qo‘yamiz. Ular hozirdanoq bizga emas, boshqa tomonlarga qaray boshlashdi,” — dedi viloyat rahbari.

Hokimning ta’kidlashicha, mehnat muhojirlari Rossiya iqtisodiyotida, ayniqsa, qurilish, qishloq xo‘jaligi va ishchi kuchi yetishmaydigan boshqa sohalarda muhim rol o‘ynaydi. Gusev migratsiya aloqalarini mustahkamlash uchun O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.