
Yapon olimlari Alsgeymеr kasalligi xavfini aniqlashning oddiy usulini taklif etishdi
Yaponiyalik tadqiqotchilar uchta oddiy savol yordamida Alsgeymеr kasalligining rivojlanish xavfini erta aniqlash usulini ishlab chiqdilar. Bu usul boshlang‘ich bosqichda kognitiv buzilish alomatlarini payqashga imkon beradi.
Tadqiqotga ko‘ra, shifokor yoki ruhshunos bemorga quyidagi savollarni berishi mumkin:
- Hozir sizni biror narsa tashvishga solyaptimi?
- Sizga nimadir quvonch bag‘ishlayaptimi?
- So‘nggi uch oyda qanday yangiliklar e’tiboringizni tortdi?
Birinchi savolga salbiy javob, ikkinchisiga batafsil javob va uchinchisiga javob bermaslik yoki eskirgan yangilikni tilga olish Alsgeymеr kasalligi mavjudligi yoki uning rivojlanish xavfini ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar bemorning javob berish paytidagi xatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Agar odam yordam so‘rab yonidagi kishiga yoki hamrohiga murojaat qilsa, bu kognitiv buzilishlarning yana bir belgisi bo‘lishi mumkin.
Bu usul shifokorlar va yaqinlariga muammolarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish va bemorni keyingi tekshiruvlarga yo‘naltirish imkonini beradi, bu esa erta davolanish imkoniyatini oshiradi.