Ostonada sanoat va texnologiya sohasidagi ayollarning xalqaro kongressi boshlandi
11 декабрь

Ostonada sanoat va texnologiya sohasidagi ayollarning xalqaro kongressi boshlandi

Qozog‘iston poytaxtida ayollarning sanoat va yuqori texnologiyalardagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro kongress o‘z ishini boshladi. Tadbirda Qozog‘iston, Rossiya, Armaniston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etib, yuqori texnologiyali sohalarda ayollar salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha tajribalarini almashmoqda.

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirining maslahatchisi Lyazzat Ramazanova o‘z nutqida ayollarning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayollar biznesning 50 foizini boshqaradi va Qozog‘iston yalpi ichki mahsulotining 42 foizini ta’minlaydi.

Biroq, Ramazanova ta’kidlaganidek, sanoat va texnologiya sohalarida ayollarning ishtiroki hamon past darajada — atigi 18 foiz. “Qani, qizlar, raqobatlashamiz. Bizga aynan shu sohada o‘rnak bo‘ladigan ayollar kerak,” deya u tadbir ishtirokchilarini da’vat etdi.