
O‘zbekiston “Russian Traveler Awards 2024” mukofotida MDHning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi
O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaning yetakchi sayyohlik jurnali “Russian Traveler” tomonidan tashkil etilgan “Russian Traveler Awards 2024” mukofoti bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi unvonini qo‘lga kiritdi.
Ekspertlar hay’ati O‘zbekistonning turizm salohiyatini yuqori baholab, “MDHda turizm” nominatsiyasida g‘oliblikni berdi. Tantanali taqdirlash marosimida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
O‘zbekistonga alohida e’tibor bundan oldinroq, “Russian Traveler” “O‘zbekiston — Sharq ertagi” maxsus sonini nashr etganida namoyon bo‘lgan edi. Unda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan shaharlarni o‘z ichiga olgan noyob sayohat yo‘nalishlari, boy pazandachilik an’analari va mashhur o‘zbek mehmondo‘stligi haqida so‘z yuritilgan.