Oliy Majlisda iqlim masalalari bo‘yicha komissiyalar tuziladi
19 ноябрь

Oliy Majlisda iqlim masalalari bo‘yicha komissiyalar tuziladi

Shavkat Mirziyoyev parlament diplomatiyasining xalqaro hamkorlik uchun ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shu maqsadda iqlim, yashil iqtisodiyot va Jahon savdo tashkiloti standartlariga moslashish masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil etish taklif qilindi.

Prezident deputat — bu xalq xizmatkori ekanligini, yuksak siyosiy madaniyat sohibi bo‘lishi va davlat manfaatlarini himoya qilishi shartligini eslatdi. U parlament faoliyati jamiyatda tinchlik, birdamlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashga, shuningdek, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, parlamentning birinchi yig‘ilishida fraksiya rahbarlari va deputatlar so‘zga chiqdilar. Prezident ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, qarorlar qabul qilishda xalqqa yaqinroq ishlash va uning ehtiyojlarini inobatga olishga da’vat etdi. Yig‘ilish yakunida Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari qabul qilindi.