
So‘g‘diyona Trans Xayraton - Mozori Sharif temir yo‘l liniyasiga xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kiruvchi “So‘g‘diyona trans” kompaniyasi “Xayraton — Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasining operatori bo‘lib qoladi. Bu qaror O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning Afg‘oniston jamoat ishlari vazirining temir yo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida qabul qilindi.
Muzokaralar davomida tomonlar ushbu muhim temir yo‘l liniyasidan foydalanish va uni texnik jihatdan ta’minlash bo‘yicha shartnomani uzaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Bu esa ikki mamlakat temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.