Turkiston viloyati sayyohlar uchun joziba markaziga aylandi
27 январь

Turkiston viloyati sayyohlar uchun joziba markaziga aylandi

2024-yilda Qozog‘istonning Turkiston viloyati 500 mingdan ziyod chet ellik sayyohlarni qabul qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 45 foiz ko‘pdir. Bu ma’lumotni “Dunyo” axborot agentligi “Kazinform” xalqaro axborot agentligiga asoslanib keltirmoqda.

Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, asosiy sayyohlik oqimlari quyidagicha taqsimlandi: 235 ming kishi mehmonxona va xostellarda joylashdi, 136,4 ming kishi davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini afzal ko‘rdi, 128,6 ming kishi esa mintaqaning tabiiy ob’yektlarida vaqt o‘tkazdi.

Sayyohlar keladigan mamlakatlar orasida O‘zbekiston yetakchilik qildi — viloyatga ushbu mamlakatning 10 ming 852 nafar fuqarosi tashrif buyurdi. Ikkinchi o‘rinda 1 ming 411 nafar sayyoh bilan Rossiya, undan keyin Xitoy (983), Turkiya (744) va Qirg‘iziston (435) turibdi.

Mintaqa hokimiyati turizmni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Yil oxirigacha sayyohlarning umumiy sonini 550 ming nafarga yetkazish, bir kunlik tashriflar soni esa 1 millionga yetishi rejalashtirilgan.