O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi
4 январь

O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi

2024-yil 28-dekabrdan O‘zbekistonda sohani takomillashtirish va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan ‘Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida‘gi Qonun amal qila boshladi.

Qonun Vazirlar Mahkamasining telekommunikatsiya sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini mustahkamlaydi. Qarorlari bozorning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan mustaqil tartibga soluvchi organning tashkil etilishi muhim yangilik bo‘ldi. Bunday yondashuv Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga mos keladi va barcha xizmat ko‘rsatuvchilarning teng huquqliligini ta’minlashga qaratilgan.

Qonunning 11-moddasiga ko‘ra, moliyaviy va protsessual mustaqillikka ega bo‘lgan tuzilma tartibga soluvchi organ sifatida faoliyat yuritishi mumkin, bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning xolisligini kafolatlaydi.

Tartibga soluvchi organga bir qator asosiy vazifalar yuklatilgan: telekommunikatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni litsenziyalash, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini o‘tkazish va kompaniyalarni akkreditatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va normativlarga rioya etilishini nazorat qilish, telekommunikatsiya tarmoqlari uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqish, foydalanuvchi huquqlarini himoya qilish hamda milliy internet-makonni boshqarish.

Tabiiy ofatlar yoki texnogen avariyalar kabi favqulodda vaziyatlarda tartibga soluvchi organ telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyatini to‘xtatish huquqiga ega.

Yangi qonunda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tavsiyalari hamda AQSH, Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy va Yaponiya kabi davlatlarning ilg‘or tajribalari inobatga olingan.