O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
4 январь

O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston yadro xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan asosiy xalqaro shartnomalarga qo‘shilish niyatini bildirdi. Ushbu qaror doirasida mamlakatning Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tarkibida mazkur sohada nazorat va monitoring olib boradigan yangi inspeksiyalar tashkil etildi.

Respublika bir qator xalqaro kelishuvlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bular qatoriga yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, yadroviy yoki radiatsiyaviy falokat yuz berganda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya, yadroviy falokat haqida tezkor xabar berish to‘g‘risidagi konvensiya hamda yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya kiradi.