
O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi tizimini o‘zgartirmoqda
Toshkent va Moskva mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu mexanizm o‘zbekistonliklarga Rossiyaga jo‘nashdan oldin hujjatlarni rasmiylashtirish imkonini beradi. Islohot doirasida ish beruvchilar patent to‘lovini o‘z zimmalariga oladi, rus tili bo‘yicha imtihonni esa Toshkentdagi Saxarov nomidagi ko‘p funksiyali migratsiya markazi filialida topshirish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda bo‘lajak migrantlar Rossiyada ishlashga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘quv markazlari tashkil etiladi. Rossiya tomoni o‘z navbatida ish beruvchilar ustidan nazoratni kuchaytirish va migrantlar haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishiga qarshi kurashishni o‘z zimmalariga oldi.
Muzokaralar yakunida Rossiyaning yirik kompaniyalari, jumladan “Ant Yapi”, “Ozon Community”, “PEK” va "SPAR Middle Volga‘da 7000 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.