O‘zbekiston yosh bokschilari U-15 Osiyo chempionatida jamoaviy hisobda oltin medalni qo‘lga kiritdi
30 апрель

O‘zbekiston yosh bokschilari U-15 Osiyo chempionatida jamoaviy hisobda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Boks bo‘yicha O‘zbekistonning 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi Ammanda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida yorqin ishtirok etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qit’a birinchiligining final janglarida 15 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 7 nafari g‘alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.

Oltin medallarni Muhriddin Hamidjonov (-37 kg), Jahongirjon Usmonqulov (-58 kg), Hadyatullo Saydullayev (-61 kg), Meyrambek Aliyev (-67 kg), Ezmir O‘ktamov (-70 kg), Parvina Shakarova (-49 kg) va Madinabonu Xudoyorova (-55 kg) qo‘lga kiritdi.

Kumush medallarni Temurbek Baxtiyorov (-33 kg), Sarmat Shokarimov (-35 kg), Zarifjon Ne’matov (-43 kg), Elshod Shokirjonov (-52 kg), Hasan Xolmurodov (-55 kg), Elshod Oblaqulov (+70 kg), Sabinaxon Komiljonova (-37 kg) va Rayhona Alimxonova (-43 kg) qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Oybek Alimjonov (-46 kg), Ominaxon Nosirova (-35 kg), Sug‘diyona Abduazimova (-40 kg), Dildora To‘lqinova (-46 kg), Mohichehra Hamidova (-52 kg), Angelina Umarova (-58 kg), Marjona Sultonova (-61 kg) va Fazilatxon Tursunova (-67 kg) kabi 8 nafar yosh bokschimiz yarim finalga qadar yetib borib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ajoyib natijalar evaziga O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-15 Osiyo chempionatining umumjamoa hisobida ishonchli birinchi o‘rinni egalladi. Ayni paytda Ammanda 17 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tmoqda.