Toshkentlik huquqni muhofaza qilish xodimlari dzyudo bo‘yicha Yevropa turnirida g‘alaba qozondi
8 февраль

Toshkentlik huquqni muhofaza qilish xodimlari dzyudo bo‘yicha Yevropa turnirida g‘alaba qozondi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari dzyudo bo‘yicha “Yevropa ochiq kubogi” chempionatida ajoyib natijalar ko‘rsatib, turli darajadagi medallarga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqada poytaxt IIBBning uch nafar vakili qatnashdi. 100 kg gacha vazn toifasida Yunusobod tumani IIO Jinoyat qidiruv bo‘limi tergov bo‘linmasi tergovchisi kapitan F.Sharipov g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shayxontohur tumani IIO Jinoyat qidiruv bo‘limi navbatchilik qismi katta inspektor-navbatchisi 100 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etib, jamoaga yana bir oltin medalni keltirdi.

81 kg gacha vazn toifasida qatnashgan IIBB Maxsus operativ-qidiruv otryadi 2-otryadi 1-guruh komandiri, katta leytenant B.Inoyatov turnirning bronza medali sovrindori bo‘ldi.