Boks bo‘yicha Varshavadagi jahon kubogining birinchi kungi raqiblari ma’lum bo‘ldi
12 май

Boks bo‘yicha Varshavadagi jahon kubogining birinchi kungi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Polsha poytaxtida "World Boxing" tashkiloti shafeligida boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada dunyoning 24 davlatidan 180 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bokschilarimizning birinchi kungi raqiblari ma’lum bo‘ldi:

-60 kg vazn toifasida: Samandar Alimov polshalik Maykl Akoto-Ampav bilan kuch sinashadi.

-65 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev shvetsiyalik Xampus Bromanga qarshi jang qiladi.

+90 kg vazn toifasida: Jahongir Zokirov Polsha sharafini himoya qilayotgan Oskar Koperaga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada O‘zbekiston sharafini bosh murabbiy To‘lqin Qilichev boshchiligidagi jamoa va tajribali murabbiylar shtabi himoya qilmoqda. Terma jamoa tarkibidan bokschilar Mirazizbek Mirzaxalilov, Samandar Alimov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, G‘ofur Tohirov, Fazliddin Erkinboyev, Javohir Ummataliyev, Akmaljon Isroilov va Jahongir Zokirov hamda sportchi Xumorabonu Mamajonova o‘rin olgan. Turnirda hakam sifatida O‘zbekiston vakili Bekjon Yusupov ishlaydi.