Afg‘oniston hukumati diniy sabablarga ko‘ra shaxmatni taqiqladi
12 май

Afg‘oniston hukumati diniy sabablarga ko‘ra shaxmatni taqiqladi

Afg‘onistonda shaxmat o‘yini butunlay taqiqlandi. Qaror diniy mulohazalar va cheklovlarni asosga olgan hokimiyat tomonidan qabul qilindi.

Taqiqning tashabbuskori Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi bo‘lib, u milliy shaxmat federatsiyasini tarqatib yuborish hamda shaxmat bilan bog‘liq barcha tadbirlarni to‘xtatish haqida qaror chiqardi.

Ma’lum bo‘lishicha, bundan sal oldin afg‘on shaxmatchilar sport vazirligiga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan ekan, ammo yordam o‘rniga ularning faoliyati butunlay to‘xtatilgani e’lon qilindi. Vazirlik vakillari to‘xtatish qarorini tasdiqlab, "diniy savollarga munosib javoblar topilmaguncha, bu sport turi taqiqlangan holda qoladi," deb izoh berdi.